Vikipediya:Panorama erkinligi

Fransiyada ham oʻz vaqtida panorama erkinligi boʻlmagan. Shuning uchun bunday qonunlar qabul qilinishini targʻib qilish maqsadida eng muhim imorat, haykal va obidalarni qora siluet bilan Vikiomborga yuklangan hamda qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillari orasida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Panorama erkinligi (inglizcha: Freedom of Panorama – turli yurisdiksiyalardagi mualliflik huquqi qonunlarining sharti boʻlib, jamoat joylarida cheksiz muddatga oʻrnatilgan imoratlar, baʼzan haykallar va boshqa sanʼat asarlarining surat va videolarini olish, ularning rasmlarini chizish hamda olingan surat va video hamda chizilgan rasmlarni ulashishga ruxsat beradi. Bunda mazkur asarlarda boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa huquqlar buzilmaydi[1][2]. Panorama erkinligi qonunlari mualliflik huquqi egalari oʻz asarlari asosida yaratilgan boshqa asarlar mualliflariga qarshi chora koʻrishini cheklaydi.

  1. Seiler, David „Gebäudefotografie in der EU – Neues vom Hundertwasserhaus“. Photopresse (2006). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
  2. Rosnay, Mélanie Dulong de; Langlais, Pierre-Carl (2017-02-16). "Public artworks and the freedom of panorama controversy: a case of Wikimedia influence". Internet Policy Review 6 (1). doi:10.14763/2017.1.447. ISSN 2197-6775. https://policyreview.info/articles/analysis/public-artworks-and-freedom-panorama-controversy-case-wikimedia-influence. 

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne