![]() | Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Vikipediya maqolalar betlarida tasvirlarni ishlatish olqishlanadi. Maqolani ichiga chiroyli tasvir yoki batafsil chizma oʻrnash uchun, siz baʼzi tayyorlov tadbirlarni oʻtkazishingiz kerak.
Oldindan, tasvirlarni barcha vikiboʻlimlar uchun umumiy omboriga — Vikiombor yoki mahalliy Vikipediya boʻlimiga yuklash kerak. Birinchi variant Vikipediya qoidalari boʻyicha afzal. Chunki, Vikiomborga bir marta yuklangan tasvir Vikipediyaning har bitta boʻlimida ishlatilishi mumkin. Bu maqolalar tarjima qilinishini qulay qiladi.