Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Istalgan Vikipediya sahifasiga, jumladan, munozara sahifalari hamda loyiha sahifalariga tirik insonlar haqida maʼlumot qoʻshayotganda alohida ehtiyot boʻlish kerak[izoh 1]. Bunday materiallar oʻta ehtiyotkorlikni talab qiladi hamda AQSh qonunlari, ushbu sahifada keltirilgan siyosat hamda Vikipediyaning kontent boʻyicha asosiy tamoyillariga qatʼiyan amal qilishi shart:
Vikipediyadagi maqola toʻgʻri yozilgan boʻlishi kerak. Maqolalarni tahlil qilayotganda nufuzli manbalarga tayanishga jiddiy harakat qiling. Har qanday iqtibos yoki munozarali yoki munozarali boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday material nufuzli, chop etilgan manbalarga tayanishi va bu manbalar maqola matnida koʻrsatilishi zarur. Tirik (yoki, ayrim holatlarda, yaqinda vafot etgan) insonlar haqidagi manbalar bilan tasdiqlanmagan munozarali material — ijobiy, salbiy, neytral yoki shunchaki shubhali ekanligidan qatʼiy nazar — muhokamani kutib oʻtirmay zudlik bilan oʻchirilishi kerak[1]. Ushbu siyosatni qayta-qayta yoki qoʻpol ravishda buzgan foydalanuvchilar chetlashtirilishlari mumkin.
Tirik insonlar biografiyalari („TIB“) bosiqlik bilan hamda subyektning shaxsiy hayotini hurmat qilgan holda yozilishi kerak. Vikipediya — ensiklopediya, tabloid emas. Vikipediya maqolalari shov-shuvli boʻlmasligi yoki insonlar hayotlari haqidagi qiziqarli iddaolarni tarqatish vositasi rolini oʻynamasligi kerak. Tahrir qilayotganda subyektlarning hayotiga keltirilishi mumkin boʻlgan zarar doim yodda tutilishi zarur. Ushbu qoida biror shaxs maqola mavzusi boʻladimi, yoʻqmi, TIBda hamda boshqa maqolalarda va sahifalarda, jumladan, munozara sahifalarida tilga olingan har qanday shaxs haqidagi materialga tatbiq qilinadi. Manbalarni koʻrsatish uchun maʼlumotni qoʻshayotgan yoki tiklayotgan foydalanuvchi masʼuldir.
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/>
tag was found