Vikipediya Osiyo Oyi — bu vikimarafon boʻlib, 2015-yilning noyabr oyida oʻtkaziladi. Ushbu marafon Osiyo bilan bogʻliq maqola va mavzularga qaratilgan. Marafonning maqsadi, turli tillardagi Vikipediya boʻlimlarida Osiyo bilan bogʻliq maqolalarni yaxshilash va yangilarini yaratishdir. Ushbu marafonda Vikipediyaning barcha boʻlimlaridan har bir xohlagan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.
Beshta va undan koʻproq maqola yaratgan ishtirokchi, boshqa davlat-ishtirokchilaridan ushbu marafonga atalgan maxsus dizaynli tabriknomani qoʻlga kiritadi.
Ushbu marafonda eng koʻp maqola yaratgan ishtirokchi — Vikipediyada Osiyo Elchisi (inglizcha: Wikipedia Asian Ambassador) maqomiga ega boʻladi.