Muallif(lar) | Amita Baviskar (muharrir) |
---|---|
Til | inglizcha |
Nashr etilgan sanasi | 2007 |
Nashriyot | Permanent Black |
Sahifalar soni | 374 |
ISBN | ISBN 81-7824-176-5 |
„Waterscapes“ (tarjimasi „Suv manzaralari“), toʻliq nomi „Waterscapes: The Cultural Politics of a Natural Resource“ (tarjimasi „Suv manzaralari: Tabiiy resursning madaniy siyosati“) — Amita Baviskar tahriri ostida chop etilgan 12 ilmiy maqola toʻplami. Kitob 2007-yil „Permanent Black“ nashriyotida bosilib chiqqan. Maqolalarning barchasida suvning siyosiy iqtisodiyoti haqida soʻz boradi.
Majmuaga kiritilgan maqolalar ilk bor 2001-yil Dehli universitetida boʻlib oʻtgan ilmiy anjumanda taqdim etilgan. Maqolalarning barchasi madaniyat, siyosat hamda suv oʻrtasidagi bogʻliqliklarga bagʻinlangan boʻlib, mavzusiga qarab uch guruhga boʻlingan va yaxlit kitob shakliga keltirilgan[1].
Baviskarning soʻzlariga koʻra, „suv manzaralari“ atamasi bilan suvni madaniy nuqtai nazardan tahlil qilishda oʻrtaga chiqadigan „joy yaratish jarayonlari, tarixiy-jugʻrofiy aloqalar hamda diskursiv va ramizy amaliyotlar“ nazarda tutilgan[2]. Asarda asosan Global Janub, xususan, Hindiston misoli keng koʻrib chiqilgan, lekin AQSh, Xitoy, Gambia va Braziliyadan olingan misollar ham oʻrin olgan.