„Ya teryayu korni“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Korni“ qoʻshigʻi | ||||
„Na veka“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2002 | |||
Yozib olingan | 2002 | |||
Janr | pop-rok | |||
Davomiyligi | 3:11 | |||
Matn muallif(lar)i | Pavel Artemyev | |||
Bastakor(lar) | Pavel Artemyev | |||
„Na veka“ xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Ya teryayu korni“ YouTubeda |
„Ya teryayu korni“ (ruscha: Я теряю корни, yaʼni „Tomirlarimni yoʻqotyapman“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2002-yil singl oʻlaroq chiqilgan, 2003-yilda esa guruhning „Na veka“ nomli ilk studiyaviy albomiga oʻn uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Ya teryayu korni“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, uning kuyini ham, matnini ham guruh aʼzosi Pavel Artemyev yozgan. Qoʻshiq „Korni“ guruhiga katta shuhrat olib kelgan ilk taronalarning biri boʻlib, nafaqat Rossiyada, balki bir necha MDH davlatida xitga aylangan[1].
Dastlab tinglovchilar „Ya teryayu korni“ qoʻshigʻi bokiralikni yoʻqotish hamda ilk jinsiy aloqa haqida deb oʻylagan[2]. Xonanda Artemyev bu talqindan xabardor ekanini, ammo aslida tarona Iso Masih haqida ekanligini aytgan[3]. Artemyev 2021-yil „Lenta“ nashriga bergan intervyusida qoʻshiqni oʻsmirlik chogʻida yozganini, oʻsha paytda musiqa konservatoriyasida tahsil olayotgan boʻlganini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, oʻsha payta oʻzini „surgundagidek“ his qilgan[4]. „Ya teryayu korni“ qoʻshigʻi xitga aylanishi ortidan Artemyev oʻzini guruhning lideri oʻlaroq his qilganini aytgan, ammo guruh prodyuserlari bunday fikrda boʻlmagan.
„Ya teryayu korni“ qoʻshigʻi uchun A. Boltenko klip suratga olgan. Unda guruh aʼzolari qora fon qarshisida hamda sahnada qoʻshiqni ijro etayotgani tasvirlangan. Klip 2008-yil YouTubega yuklangan va 2022-yilning oktyabriga qadar qariyb bir million marta koʻrilgan.