Yalla (guruh)

Yalla

Yalla guruhi
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Toshkent
Mamlakat Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1970 yildan
Janr Rok, Estrada, Pop, folklor
Leybl Melodiya (ruscha: Мелодия)
Tarkib

Farux Zokirov
Javlon Toʻxtayev
Alisher Toʻlyaganov
Sarvar Kaziyev

Igor Holiqov
Sobiq aʼzolar

Abbos Aliyev
Tulkin Isakov
Abdullah Kurbanov (m)
Oleg Chesnokov (m)

Davron Gaipov
Vebsayt -

Yallaoʻzbek folk-, rok- va pop-guruhi. Asoschisi va solistiFarrux Zokirov. 1970-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti qoshida institut Oʻquv teatri direktori, shoir G.Rojkov va dastlabki musiqa rahbari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kompozitor Ye.Shiryayev tashabbusi bilan VIA shaklida tashkil topgan. Ishtirokchilari — F.Zokirov (1976-yildan badiiy rahbar), Shahboz Nizomitdinov, L.Kandalova, B.Joʻrayev, S.Avanesov, A.Fatxullin, Nargiz Boyxonova va boshqalar 1971-yil Oʻzbek konsert tarkibiga kirib, 1975-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ansambl“ unvoniga sazovor boʻlgan. 1970-yillar oxirida ansamblga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar R.Ilyosov (musiqa rahbari va aranjirovkachi, 1994-yilgacha), J.Toʻxtayev, A.Aliyev, A.Toʻlaganovlar kelib qoʻshilgan. „YA.“ ijodida milliy ohang va usullari rok musiqa („bluz rok“, „soft rok“, „rok-n-roll“ va boshqalar), Yevropa va Sharq musiqiy estrada shakllari hamda ommaviy musiqaning boshqa vositalari bilan uygʻunlashib, oʻziga xos, joʻshqin va jozibali uslub shakllanishiga asos boʻldi. Repertuaridan folkrok uslubida qayta ishlangan oʻzbek xalq qoʻshiq, yalla va ashulalari („Boychechak“, „Yumalab-yumalab“, „Qilpillama“, „Gʻayra-gʻayra“, „Xandalak“ va boshqalar), oʻzbek kompozitorlari („Oʻzbekiston“, S.Yudakov; „Qiz bola“, E.Solihov; „Bahor qasidasi“ F.YanovYanovskiy va boshqalar)ning aranjirovka qilingan asarlari va F.Zokirov bastalagan qoʻshiqlar („Majnuntol“, „Sumalak“, „Masxarabozlar“, „Sen boʻlmasang yonimda“, „Musiqali choyxona“, „Leyli“, „Uchquduq“, „Shahrisabz“, „Toshkentim onam“, „Yurt ishqida yonaman“, „Bugun bayram“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ayniqsa, „Yallamayorim“ (1984) va „Musiqali choyxona“ (1987) teatrlashtirilgan dasturlari mashhur boʻlib, Oʻzbekiston va koʻpgina chet mamlakatlarda namoyish etilgan. Ijrolari 10 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda boʻlgan.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne