Yevgeniy Prigojin

Yevgeniy Prigojin

Yevgeniy Prigojin (2010-yil)
Asl ismi Евгений Викторович Пригожин
Taxallus(lar)i „Putinning oshpazi“
Tavalludi 1-iyun 1961-yil
Leningrad, Rossiya SFSR, SSSR
Vafoti 23-avgust 2023-yil(2023-08-23)
(62 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qoʻmondonlik qilgan Vagner guruhi
Mukofotlari Andoza:Rossiya qahramoni Donetsk Xalq Respublikasi qahramoni Lugansk Xalq Respublikasi qahramoni

Respublika ordeni (Sudan) Ikki Nil ordeni
Bolalari 3 nafar
Aloqa Vagner guruhi
Internet tadqiqot agentligi
Concord management and consulting

Yevgeniy Viktorovich Prigojin (ruscha: Евге́ний Ви́кторович Приго́жин; 1961-yil 1-iyun — 2023-yil 23-avgustda vafot etgan deb eʼlon qilindi) — rossiyalik oligarx[1], yollanma askarlardan iborat shaxsiy armiya qoʻmondoni, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sobiq ishonchli yaqin kishisi (Vagner guruhi isyonigacha)[2]. Laqabi — „Putinning oshpazi“. Unga bu laqabni Kremlga xizmat koʻrsatadigan restoranlar va ovqatlanish shaxobchalarini boshqargani uchun qoʻyishgan[3]. Oʻtmishda SSSRda qamoqda boʻlgan Prigojin hozirda nufuzli kompaniyalar tarmogʻi — Rossiya hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi „Vagner Group“[4] kompaniyasi hamda 2016 va 2018-yillardagi AQSh saylovlariga aralashganlikda ayblangan uchta kompaniyanining xoʻjayinidir[5]. Bellingcat, The Insider va Der Spiegel nashrlari tomonidan 2022-yilda o‘tkazilgan soʻrovga ko‘ra, Prigojinning faoliyati Rossiya Mudofaa vazirligi va uning razvedka bo‘limi GRU bilan chambarchas bog‘liqdir[6].

Bir necha yilar davomida Vagner guruhi bilan aloqalari borligini inkor etgan. 2022-yil 26-sentyabrda esa guruhning asoschisi ekanligini tan olgan[7][8][9]. Uning taʼkidlashicha, guruh 2014-yil may oyida Donbasdagi urushda Rossiya kuchlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilgan. Prigojinning bu iqroriga Mari El qamoqxonasida hibsda saqlangan mahbuslarni guruh tarkibiga yollagani, agar-da ular Vagner tarkibida olti oy xizmat qilsalar, ularga ozodlik vaʼda qilgani koʻrsatilgan video sabab boʻlgan[10].

Prigojin uzoq vaqt davomida Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvidagi rolini rad etib kelgan. 2022-yil noyabr oyida esa bu operatsiyalardagi ishtirokini tan olib, bu kabi harakatlarini davom etishini taʼkidlagan[11]. 2023-yil fevral oyida esa rus propagandasi bilan shugʻullangan Internet tadqiqot agentligining asoschisi ekanligini hamda uzoq vaqtdan beri uning bosh boshqaruvchisi bo‘lganini maʼlum qilgandi.

Kompaniyalari va sheriklari Qoʻshma Shtatlarda iqtisodiy sanksiyalar va jinoiy javobgarlikka tortilgan[5]. Buyuk Britaniya tomonidan kiritilgan sanksiyalar qatorida uning ham ismi bor[12].

FQB Prigojinni hibsga olishga yordami tegadigan maʼlumotlar uchun 250 ming dollargacha mukofot vaʼda qilgan[13][14]. 2020-yil oktabr oyida Yevropa Ittifoqi (YeI) Prigojinga Liviyadagi Vagner guruhi faoliyatini moliyalashtirgani sababi ortidan sanksiyalar kiritdi. 2022-yilning aprelida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidagi ishtiroki tufayli YeI tomonidan yangi sanksiyalar ostida qoladi[15].

2023-yil 23-iyunda Prigojin rus harbiy rahbariyatiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtaradi va Moskvaga yurish oldidan oʻz kuchlarini Rossiyaga olib kirishini, Rostov-Donni egallamoqchiligini eʼlon qiladi[16]. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, biroq o‘sha kuniyoq bekor qilindi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, Prigojin oʻzi boshlagan isyonni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish uchun — A. Lukashenko bilan gaplashib olish maqsadida Belarusga borgan[17].

  1. „The oil field carnage that Moscow doesn't want to talk about“. CNN (2018-yil 18-fevral). 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-fevral.
  2. „Navalny asks FSB to investigate Putin's cook“. Crime Russia. 2019-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  3. „Thousands of Russian private contractors fighting in Syria“. AP News. 2021-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
  4. „Право на забвение Евгения Пригожина: Что хочет скрыть о себе ресторатор, обслуживавший президентов России — Meduza“ (ru-RU). Meduza. 2021-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 William Echols. „New Sanctions Against 'Putin's Chef' Prompt Latest Russian Election Meddling Denial“. Polygraph.info (2019-yil 4-oktyabr). 2019-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-oktyabr.
  6. Bellingcat Investigation Team. „Putin Chef's Kisses of Death: Russia's Shadow Army's State-Run Structure Exposed“. Bellingcat (2020-yil 14-avgust). 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  7. „Sanctioned Putin Ally Says He Created Russian Mercenary Group“. Bloomberg (2022-yil 26-sentyabr). 2022-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  8. „Russian oligarch Yevgeny Prigozhin admits he created the mercenary Wagner Group“. Politico (2022-yil 26-sentyabr). 2022-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  9. „Putin's 'chef' Prigozhin admits creating Wagner mercenary outfit in 2014“. CNN (2022-yil 26-sentyabr). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  10. „Russia's Wagner boss: It's prisoners fighting in Ukraine, or your children“. BBC News (2022-yil 16-sentyabr). 2022-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
  11. „Russia's Prigozhin admits interfering in U.S. Elections“. Reuters (2022-yil 7-noyabr). 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  12. Fitzpatrick. „MPs grill minister over decision to let warlord sue reporter“. openDemocracy (2023-yil 7-fevral). 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  13. „Yevgeniy Vicktorovich Prigozhin – Federal Bureau of Investigation“. Federal Bureau of Investigation (2021-yil 9-iyul). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
  14. „Archived copy“. 2022-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
  15. „Switzerland Imposed Sanctions on Wagner Group“ (en). European Pravda. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  16. Trofimov, Yaroslav. „Russia Issues Arrest Warrant for Wagner Chief on Charges of Mutiny“ (en-US). Wall Street Journal (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  17. Chernova. „Case against Prigozhin will be dropped and he will be sent to Belarus, Kremlin spokesperson says“. CNN (2023-yil 24-iyun). Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne