Yorliq (inglizcha: Label)
Yorliq — 1) turkmoʻgʻul xonlari eʼlon qilgan yozma hujjatlar. Diplomatik notalar va davlatlararo bitimlar matni ham xon Yo.i jumlasiga kirgan. Biroq koʻpincha bu Yo. Oltin Oʻrda, Qozon va Qrim xonlari tomonidan oʻzlariga tobe turli amaldorlarga, diniy arboblarga berilgan shaxsiy daxlsizlik haqidagi imtiyozli hujjat sanalgan. Yo. rus knyazlarini oʻz yerlarida hukmron boʻlishlarini tasdiqlagan. Rus mitropolitlari xonlarni duo qilganlari tufayli, bu Yo. boʻyicha rus cherkovi Oʻrda maʼmuriyatiga tobelikdan, oʻzlariga qarashli yerlardan olinadigan soliqlardan, turli majburiyatlarni oʻtashdan xalos etilgan. Yo. Oltin Oʻrdaning hududiy boʻlinishi, unga tobe yerlar, ularning maʼmuriy tuzilishi, yer egaligi va b. haqida muhim tarixiy manba sanaladi; 2) amirlar va ruxrniylarga biron imtiyoz berilishi qaqida podsho, xon muhri bosilgan rasmiy hujjat (mas, ishonch yorligʻi); 3) tovarning ustiga qoʻyilgan va uning xili, oʻlchami, mikdrri, bahosi va sh. k.ni koʻrsatadigan belgi; 4) rasmiy hujjat (mas, faxriy yorliq).[1]
![]() |
Yorliq soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi. Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin. |