Yozyovon | |
---|---|
Tarkibida | Fargʻona viloyati |
Maʼmuriy markazi | Yozyovon |
Hokim | Dilshod Djalilov [1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
40°39′11″N 71°38′35″E / 40.65306°N 71.64306°E |
Yozyovon tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan (1959-yil 14-dekabrda Toshloq tumani bilan birlashtirilib Oxunboboyev nomi berilgan, 1962-yil 24-dekabrda Oxunboboyev tumaniga Margʻilon tumani ham qoʻshilgan. 1980-yil 27-dekabrda Yozyovon tumani qayta tuzildi). Yozyovon tumani viloyatning Toshloq, Qo'shtepa, Oltiariq, Buvayda tumanlari, Namangan viloyatining Jomashoʻy tumani, Andijon viloyatining Ulugʻnor, Boʻz tumanlari bilan chegaradosh. Maydon 0,41 ming km2. Aholisi 119 ming kishi (2023). Yozyovon tumanida 2 shaharcha (Yozyovon,Qoratepa), 16 mahalla fuqarolari yigʻini (Guliston, Yozyovon, Taraqqiyot,Qorasoy,Ishtirxon, Xonobod, Choʻliguliston, Yangiboʻston, Yangiobod, Qatortol, Qorasoqol, Qoratepa, Toshxovuz, Ittifoq, Beruniy, Bahor Tegirmonboshi) bor. Markazi — Yozyovon shaharchasi. Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, qoraqalpoq va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 250 kishi toʻgʻri keladi (2000).