Z avlod

Z (zed) avlod, shuningdek, xalq tilida zumerlar[1][2] deya ataluvchi Millennials avloddan keyingi, Alfa avloddan oldingi demografik kogorta. Tadqiqotchilar hamda mashhur ommaviy axborot vositalari ushbu atamani XX asr 90-yillarining oʻrtalaridan 2010-yillarning dastlabki qismigacha boʻlgan davrda dunyoga kelgan avlod vakillari uchun qoʻllashadi. Zed avlodning aksariyat qismi X (iks) avlod vakillarining farzandlari hisoblanishadi[3].

Yoshligidanoq internet va portativ raqamli texnologiyalar muhitida ulgʻaygan dastlabki avlod sifatida tariflanuvchi „zumerlar“ raqamli savodxonlikka ega boʻlmasalarda, „internet avlodi“, deb ham atalishadi[4][5][6]. Qolaversa, ekran vaqti keltirib chiqaruvchi salbiy taʼsirlari yosh bolalarga qaraganda zumer oʻsmirlarda koʻproq namoyon boʻladi[7]. Oldingi avlodlar bilan solishtirganda, baʼzi rivojlangan mamlakatlarda Z avlod vakillari, odatda yaxshi xulq-atvorli, beparvo shaxslar boʻlib, xavf-xatar va tavakkalarni unchalik xush koʻrmaydilar[8]. Zumerlar oʻz yoshlariga nisbatan, oʻzlaridan avvalgi avlodlar vakillariga qaraganda sekinroq yashashga moyildirlar[9][10].

Ushbu avlod vakillarida oʻsmirlik davridagi homiladorlik va spirtli ichimliklar isteʼmol qilish koʻrsatkichlari quyi avlod vakillariga nisbatan kamroq darajada qayd etilgan[11]. Biroq, psixofaol dorilar qabul qilish holatlari haqida bunday deyish mushkuldir[12][13]. Zed avlod oʻsmirlari oʻtmishdoshlariga qaraganda akademik muvaffaqiyatlar va mehnat istiqbollari haqida koʻproq tashvishlanadilar[8][9]. Ushbu xavotirlarga qaramay, ular 1960-yillardagi hamkasblariga qaraganda mamnuniyat hissidan koʻproq qoniqish hosil qilishadi[14]. Oʻsmirlar orasida bu kabi qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishini tushunmagan holda amalga oshiriluvchi seksting – mobil telefon orqali shahvoniy suratlar yoki xabarlarni yuborish harakatlari koʻpaydi[15]. Shu bilan birga, oʻsmirlar submadaniyatlari, garchi butunlay yoʻqolmagan boʻlsada moʻtadillasha boshladi[16][17].

Qiz bolalarda balogʻatga yetish davrining oʻrtacha yosh koʻrsatgichi, global miqyosda, 20-asrga nisbatan[18][19] ancha qisqargani ularning farovonligi va kelajagiga taʼsir qilgani haqida dalillar mavjud[18][20][21][22]. Bundan tashqari, zed avlod oʻsmirlarida allergiya[23][24] va ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolar hamda bu kabi holatlar boʻyicha kelib tushgan murojaatlar soni anchagina yuqori koʻrsatgichlarga ega[8][25][26][27]. Shuningdek, zumerlarda uyqusizlik kasalligi bilan bogʻliq muammolar ham keng kuzatiladi[5][28][29]. Koʻpgina mamlakatlarda Zed avlodning yosh vakillariga oldingi avlod kishilariga qaraganda koʻproq aqliy zaiflik va psixiatrik kasalliklar boʻyicha tashxis qoʻyiladi[30][31].

Butun dunyo boʻylab zed avlod vakillari elektron qurilmalarga koʻproq vaqt sarflaganlari uchun kitob mutolaa qilishdan uzilib qolishmoqda[32][33][34]. Ushbu jarayon oqibatlari ularning diqqat oralig'i (chalgʻishdan oldin bir vazifaga diqqatni jamlash uchun sarflangan vaqt miqdori)ga[35][36] soʻz boyligiga[37] va maktab baholariga[38], shuningdek, zamonaviy iqtisodiyotdagi kelajaklariga salbiy taʼsir keltirib chiqaradi[32]. 2000—2010-yillarda osiyolik pedagoglar odatda eng yaxshi talabalarni qidirib, ularni ragʻbatlantirgan boʻlsalar, Gʻarbiy Yevropa va Qoʻshma Shtatlarda asosiy eʼtibor past koʻrsatkichlarga qaratildi[39].

  1. „Words We're Watching: 'Zoomer'“. Merriam-Webster (2021-yil oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-oktyabr.
  2. „zoomer“. Dictionary.com. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
  3. „Who Are the Parents of Gen Z?“. Signal Vine (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  4. Turner, Anthony (2015). „Generation Z: Technology And Social Interest“. Journal of Individual Psychology. 71-jild, № 2. 103–113-bet. doi:10.1353/jip.2015.0021.
  5. 5,0 5,1 Twenge, Jean. „Teens are sleeping less – but there's a surprisingly easy fix“. The Conversation (2017-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  6. Strauss, Valerie. „Today's kids might be digital natives — but a new study shows they aren't close to being computer literate“. The Washington Post (2019-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 21-noyabr.
  7. Adelantado-Renau, Mireia; Moliner-Urdiales, Diego; et al. (September 23, 2019). „Association Between Screen Media Use and Academic Performance Among Children and Adolescents: A Systematic Review and Meta-analysis“. JAMA Pediatrics. 173-jild, № 11. American Medical Association. 1058–1067-bet. doi:10.1001/jamapediatrics.2019.3176. PMC 6764013. PMID 31545344.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Generation Z is stressed, depressed and exam-obsessed“. The Economist (2019-yil 27-fevral). Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  9. 9,0 9,1 „Teenagers are better behaved and less hedonistic nowadays“. The Economist (2018-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 29-sentyabr.
  10. Twenge, Jean. „Why today's teens aren't in any hurry to grow up“. The Conversation (2017-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
  11. UCL. „How to fix the 'unhappiest generation ever'“ (en). UCL News (2020-yil 6-avgust). Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  12. Schepis, Ty. „College-age kids and teens are drinking less alcohol – marijuana is a different story“. The Conversation (2020-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 21-noyabr.
  13. Hymas, Charles. „Generation Z swap drink for drugs as class A use by 16-24-year-olds rises by half in seven years“. The Telegraph (2020-yil 9-dekabr). 2020-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
  14. Protzko, John (May–June 2020). „Kids These Days! Increasing delay of gratification ability over the past 50 years in children“. Intelligence. 80-jild, № 101451. doi:10.1016/j.intell.2020.101451.
  15. Del Rey, Rosario; Ojeda, Mónica; Casas, José A.; Mora-Merchán, Joaquín A.; Elipe, Paz (August 21, 2019). Rey, Lourdes (muh.). „Sexting Among Adolescents: The Emotional Impact and Influence of the Need for Popularity“. Frontiers in Psychology. 10-jild, № 1828. 1828-bet. doi:10.3389/fpsyg.2019.01828. PMC 6712510. PMID 31496968.
  16. Petridis, Alexis. „Youth subcultures: what are they now?“. The Guardian (2014-yil 20-mart). Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
  17. Watts, Peter. „Is Youth Culture A Thing of the Past?“. Apollo Magazine (2017-yil 10-aprel). Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
  18. 18,0 18,1 Weir, Kirsten (March 2016). „The risks of earlier puberty“. Monitor. 47-jild, № 3. American Psychological Association. 40-bet.
  19. Eckert-Lind, Camilla; Busch, Alexander S.; Petersen, Jørgen H.; Biro, Frank M.; Butler, Gary; Bräuner, Elvira V.; Juul, Anders (2020). „Worldwide Secular Trends in Age at Pubertal Onset Assessed by Breast Development Among Girls: A Systematic Review and Meta-analysis“. JAMA Pediatrics. 174-jild, № 4. American Medical Association. e195881-bet. doi:10.1001/jamapediatrics.2019.5881. PMC 7042934. PMID 32040143.
  20. Lamothe. „The health risks of maturing early“. BBC Future (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  21. University Of Southampton. „New Research Shows How Evolution Explains Age Of Puberty“. Science Daily (2005-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.
  22. Hochberg, Ze′ev; Konner, Melvin (2020). „Emerging Adulthood, a Pre-adult Life-History Stage“. Frontiers in Endocrinology. 10-jild, № 918. 918-bet. doi:10.3389/fendo.2019.00918. PMC 6970937. PMID 31993019.
  23. Graphic Detail. „The prevalence of peanut allergy has trebled in 15 years“. The Economist (2019-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-oktyabr.
  24. „Why everybody is suddenly allergic to everything“. National Post (2019-yil 30-iyul). Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.
  25. Chandler-Wilde, Helen. „The future of Gen Z's mental health: How to fix the 'unhappiest generation ever'“ (en-GB). The Telegraph (2020-yil 6-avgust). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  26. American Psychological Association. „Mental health issues increased significantly in young adults over last decade“. Science Daily (2019-yil 15-mart). Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  27. Schraer, Rachel. „Is young people's mental health getting worse?“. BBC (2019-yil 11-fevral). Qaraldi: 2020-yil 26-dekabr.
  28. Kansagra, Sujay (May 2020). „Sleep Disorders in Adolescents“. Pediatrics. 145-jild, № Supplement 2. American Academy of Pediatrics. S204–S209-bet. doi:10.1542/peds.2019-2056I. PMID 32358212.
  29. University of Rochester. „Parents aren't powerless when it comes to sleep-deprived teenagers“. Science Daily (2020-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 1-yanvar.
  30. Maulik, Pallab K.; Mascarenhas, Maya N.; Mathers, Colin D.; Dua, Tarun; Saxena, Shekhar (2011). „Prevalence of intellectual disability: A meta-analysis of population-based studies“. Research in Developmental Disabilities. 32-jild, № 2. 419–436-bet. doi:10.1016/j.ridd.2010.12.018. PMID 21236634.
  31. Buckley, Nicholas; Glasson, Emma J.; et al. (May 30, 2020). „Prevalence estimates of mental health problems in children and adolescents with intellectual disability: A systematic review and meta-analysis“. Australian and New Zealand Journal of Psychiatry. 54-jild, № 10. The Royal Australian and New Zealand College of Psychiatrists. 970–984-bet. doi:10.1177/0004867420924101. PMID 32475125.
  32. 32,0 32,1 Thomas, Leigh. „Education levels stagnating despite higher spending: OECD survey“. Reuters (2019-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
  33. Ferguson, Donna. „Children are reading less than ever before, research reveals“. The Guardian (2020-yil 29-fevral). Qaraldi: 2020-yil 7-noyabr.
  34. Sliwa, Jim. „Teens Today Spend More Time on Digital Media, Less Time Reading“. American Psychological Association (2018-yil 20-avgust). Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  35. „How Technology Affects the Attention Span of Children“. Your Therapy Source (2019-yil 18-aprel). Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  36. „Too Much Screen Time?“. Penn State University. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  37. Massey University. „Vocabulary on decline due to fewer books“. Phys.org (2010-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-noyabr.
  38. Adams, Richard. „Teachers in UK report growing 'vocabulary deficiency'“. The Guardian (2018-yil 19-aprel). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  39. Clynes, Tom (September 7, 2016). „How to raise a genius: lessons from a 45-year study of super-smart children“. Nature. 537-jild, № 7619. 152–155-bet. Bibcode:2016Natur.537..152C. doi:10.1038/537152a. PMID 27604932.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne