Z (zed) avlod, shuningdek, xalq tilida zumerlar[1][2] deya ataluvchi Millennials avloddan keyingi, Alfa avloddan oldingi demografikkogorta. Tadqiqotchilar hamda mashhur ommaviy axborot vositalari ushbu atamani XX asr 90-yillarining oʻrtalaridan 2010-yillarning dastlabki qismigacha boʻlgan davrda dunyoga kelgan avlod vakillari uchun qoʻllashadi. Zed avlodning aksariyat qismi X (iks) avlod vakillarining farzandlari hisoblanishadi[3].
Yoshligidanoq internet va portativ raqamli texnologiyalar muhitida ulgʻaygan dastlabki avlod sifatida tariflanuvchi „zumerlar“ raqamli savodxonlikka ega boʻlmasalarda, „internet avlodi“, deb ham atalishadi[4][5][6]. Qolaversa, ekran vaqti keltirib chiqaruvchi salbiy taʼsirlari yosh bolalarga qaraganda zumer oʻsmirlarda koʻproq namoyon boʻladi[7]. Oldingi avlodlar bilan solishtirganda, baʼzi rivojlangan mamlakatlarda Z avlod vakillari, odatda yaxshi xulq-atvorli, beparvo shaxslar boʻlib, xavf-xatar va tavakkalarni unchalik xush koʻrmaydilar[8]. Zumerlar oʻz yoshlariga nisbatan, oʻzlaridan avvalgi avlodlar vakillariga qaraganda sekinroq yashashga moyildirlar[9][10].
Ushbu avlod vakillarida oʻsmirlik davridagi homiladorlik va spirtli ichimliklar isteʼmol qilish koʻrsatkichlari quyi avlod vakillariga nisbatan kamroq darajada qayd etilgan[11]. Biroq, psixofaol dorilar qabul qilish holatlari haqida bunday deyish mushkuldir[12][13]. Zed avlod oʻsmirlari oʻtmishdoshlariga qaraganda akademik muvaffaqiyatlar va mehnat istiqbollari haqida koʻproq tashvishlanadilar[8][9]. Ushbu xavotirlarga qaramay, ular 1960-yillardagi hamkasblariga qaraganda mamnuniyat hissidan koʻproq qoniqish hosil qilishadi[14]. Oʻsmirlar orasida bu kabi qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishini tushunmagan holda amalga oshiriluvchi seksting – mobil telefon orqali shahvoniy suratlar yoki xabarlarni yuborish harakatlari koʻpaydi[15]. Shu bilan birga, oʻsmirlar submadaniyatlari, garchi butunlay yoʻqolmagan boʻlsada moʻtadillasha boshladi[16][17].
Qiz bolalarda balogʻatga yetish davrining oʻrtacha yosh koʻrsatgichi, global miqyosda, 20-asrga nisbatan[18][19] ancha qisqargani ularning farovonligi va kelajagiga taʼsir qilgani haqida dalillar mavjud[18][20][21][22]. Bundan tashqari, zed avlod oʻsmirlarida allergiya[23][24] va ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolar hamda bu kabi holatlar boʻyicha kelib tushgan murojaatlar soni anchagina yuqori koʻrsatgichlarga ega[8][25][26][27]. Shuningdek, zumerlarda uyqusizlik kasalligi bilan bogʻliq muammolar ham keng kuzatiladi[5][28][29]. Koʻpgina mamlakatlarda Zed avlodning yosh vakillariga oldingi avlod kishilariga qaraganda koʻproq aqliy zaiflik va psixiatrik kasalliklar boʻyicha tashxis qoʻyiladi[30][31].
Butun dunyo boʻylab zed avlod vakillari elektron qurilmalarga koʻproq vaqt sarflaganlari uchun kitob mutolaa qilishdan uzilib qolishmoqda[32][33][34]. Ushbu jarayon oqibatlari ularning diqqat oralig'i (chalgʻishdan oldin bir vazifaga diqqatni jamlash uchun sarflangan vaqt miqdori)ga[35][36] soʻz boyligiga[37] va maktab baholariga[38], shuningdek, zamonaviy iqtisodiyotdagi kelajaklariga salbiy taʼsir keltirib chiqaradi[32]. 2000—2010-yillarda osiyolikpedagoglar odatda eng yaxshi talabalarni qidirib, ularni ragʻbatlantirgan boʻlsalar, Gʻarbiy Yevropa va Qoʻshma Shtatlarda asosiy eʼtibor past koʻrsatkichlarga qaratildi[39].
↑Turner, Anthony (2015). „Generation Z: Technology And Social Interest“. Journal of Individual Psychology. 71-jild, № 2. 103–113-bet. doi:10.1353/jip.2015.0021.
↑Adelantado-Renau, Mireia; Moliner-Urdiales, Diego; et al. (September 23, 2019). „Association Between Screen Media Use and Academic Performance Among Children and Adolescents: A Systematic Review and Meta-analysis“. JAMA Pediatrics. 173-jild, № 11. American Medical Association. 1058–1067-bet. doi:10.1001/jamapediatrics.2019.3176. PMC6764013. PMID31545344.
↑Del Rey, Rosario; Ojeda, Mónica; Casas, José A.; Mora-Merchán, Joaquín A.; Elipe, Paz (August 21, 2019). Rey, Lourdes (muh.). „Sexting Among Adolescents: The Emotional Impact and Influence of the Need for Popularity“. Frontiers in Psychology. 10-jild, № 1828. 1828-bet. doi:10.3389/fpsyg.2019.01828. PMC6712510. PMID31496968.
↑Eckert-Lind, Camilla; Busch, Alexander S.; Petersen, Jørgen H.; Biro, Frank M.; Butler, Gary; Bräuner, Elvira V.; Juul, Anders (2020). „Worldwide Secular Trends in Age at Pubertal Onset Assessed by Breast Development Among Girls: A Systematic Review and Meta-analysis“. JAMA Pediatrics. 174-jild, № 4. American Medical Association. e195881-bet. doi:10.1001/jamapediatrics.2019.5881. PMC7042934. PMID32040143.