Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar va dostonlar |
Nashriyot | „Yangi asr avlodi“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2014 |
Sahifalar soni | 208 |
ISBN | ISBN 978-9943-27-285-9 |
„Zamin sayyorasi“, toʻliq nomi „Zamin sayyorasi: Poema va sheʼrlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2014-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan[1]. Toʻplam asosan muallifning „Tirik sayyoralar“ (1978) hamda „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) sheʼriy toʻplamlariga kiritilgan sheʼrlaridan iboratdir. Toʻplamga „Koʻhinur“ dostonidan parcha hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. Toʻplam soʻngsoʻzini Ibrohim Gʻofurov yozgan.