Zaynab bint Ali

Zaynab bint Ali زَيْنَب بِنْت عَلِيّ

Zaynab binti Ali ismining islom xattotligida yozilishi
Tavalludi Hijriy 5-yil, Jumadul avvalning 5-kuni
Al-Hijoz, Madina
Vafoti 15-Rajab, Hijriy 62-yil (57 yoshida)
Turmush oʻrtogʻi Abdulloh ibn Jafar
Bolalari
Otasi Ali ibn Abu Tolib
Onasi Foṭima bint Muḥammad

Zaynab bint Ali (arabcha: زَيْنَب بِنْت عَلِيّ, Zaynab bint ʿAlīy; 626-yil 3-oktabr — 682), Ali ibn Abu Tolib va Fotima bint Muhammadning toʻngʻich qizi edi. Islom paygʻambari Muhammad uning onasi tomonidan bobosi boʻlgan va shuning uchun u Ahli Baytiga mansubdir. U nafaqat oʻzining xususiyatlari va harakatlari, balki Muhammad avlodidining davomchisi boʻlgani uchun ham hurmatga sazovor. Boshqa oila aʼzolari singari u ham islomning sunniy va shia mazhablarida qurbonlik, kuch va taqvo timsoli hisoblanadi.

Zaynab Abdulloh ibn Jaʼfarga turmushga chiqib, toʻrt oʻgʻil va bir qiz koʻrgan. Zaynab uning akasi Husayn 680-yilda (hijriy 61-yilda) Yazid ibn Muoviyaga qarshi jang qilganida, unga hamroh boʻlgan. U jiyani Ali ibn Husayn Zayn al-Obidinni himoya qilishda muhim rol oʻynagan. Zaynab 681-yilda vafot etgan. Sayyida Zaynab masjidi Suriyaning Damashq shahrida joylashgan.[1]

  1. Esposito, J.L., The Oxford Dictionary of Islam, New York:2003.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne