Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon | |
---|---|
2-Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi | |
Mansab davri 1957 – 1982 | |
Oʻtmishdoshi | Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon |
Vorisi | Shamsiddinxon Boboxonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
8-yanvar 1908-yil Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
23-dekabr 1982-yil (74 yoshda) Toshkent, Oʻzbek SSR, SSSR |
Millati | oʻzbek |
Bolalari | Shamsiddinxon Boboxonov |
Onasi | Salomatxon |
Otasi | Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon |
Dini | Islom, Naqshbandiya |
Mukofotlari |
Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.1 — Toshkent — 1982.22.12) — muftiy, din va jamoat arbobi[1]. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908.10.1 — Toshkent — 1982.22.12) — muftiy, din va jamoat arbobi. Dastlab otasi Eshon Boboxon ibn Abdumajidxon qoʻlida, soʻngra Toshkentdagi Baroqxon, Koʻkaldosh madrasalarida tahsil koʻrgan (1923— 31). Qohiradagi al-Azhar dorilfununini tugatgan, Makka, Madina shaharlariga ilmiy safarlar qilgan (1947). Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkiliy qoʻmitasida bosh kotib (1942), boshqarma raisining oʻrinbosari (1943—1957), raisi (1957—1982). Toshkent Islom institutini tashkil etdi (1969) va unga bevosita rahbarlik qildi. Uning saʼy-harakati bilan Buxoroda Mir Arab madrasasi faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon mamlakatlarida oʻtkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilishiga harakat qildi. Masjidlar boʻyicha Butunjahon oliy kengashi aʼzosi etib saylandi (Makka, 1976). Ziyovuddinxon diniy merosni keng targʻib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Ibn Sinoning gigiyenaga oid kitobini oʻzbek va rus tillariga oʻgirgan[2]. Ziyovuddinxonning „Diyorimizda islom va musulmonlar“ asari (1979, rus tilida)da islom dinining mohiyati ochib berilgan, islom barcha zamon va xalqlar uchun salohiyatli din ekanligi, uning tamoyillari hamma yaxshi niyatli kishilarning orzu-umidlari bilan hamohang ekanligi koʻrsatilgan. Futuhiy taxallusi bilan sheʼrlar ham bitgan. Ziyovuddinxon xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshganligi uchun Iordaniya, Suriya, Marokash va MAPning oliy ordenlari bilan takdirlangan. 1998-yil tavalludining 90 yil ligiga bagʻishlab Toshkentda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Toshkentdagi Qaffol Shoshiy qabrlar majmuasida otalari Eshon Boboxon yoniga dafn etilgan.