| ||
Tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Jizzax viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Zomin | |
Rasmiy tillar | Oʻzbek | |
Aholi | 127 400 | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar | |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 | |
Xaritada | ||
![]() | ||
39°57′36.0″N 68°22′44.4″E / 39.960000°N 68.379000°E |
Zomin tumani − Jizzax viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shimoliy-sharqda Yangiobod tumani, janubiy-sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,87 ming km2. Aholisi 150 ming kishi (2010). Zomin tumanida 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Istiqlol, Shirin, Yangi-hayot, Gʻallakor) bor. Eng yirik qishlogʻi Yom (jamoalar jam boʻlgan hudud).Yom miloddan avvalgi asrlarda vujudga kelgan.