Zond

Zond (frans. zonde — sezish asbobi) — odamning tabiiy yoki patologik kanallariga va gavda boʻshliklariga diagnostika hamda davolash maqsadida kiritiladigan tibbiy asbob. Poʻlat, kumush, rezina va boshqalardan yasaladi. Nima maqsadda qoʻllanishiga qarab meʼda zondi, duodenal 3., koʻz Z.i, tish Z.i, bachadon Z.i, ichak Z.i boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne